Maxfiylik siyosati
Bu sahifada Fikr qanday ma’lumot to‘plashi, nima uchun ishlatishi, qancha saqlashi va kim ko‘rishi oddiy tilda yozilgan.
Oxirgi tahrir: 5-oktabr, 20261. Ma’lumotni kim qayta ishlaydi
Xizmat ooou.uz domenida Inteullpo Holding tomonidan ko‘rsatiladi. Manzil: [manzil], Toshkent, O‘zbekiston. Aloqa uchun: +998 93 756 07 46, Telegram @go0fy.
2. Qanday ma’lumot to‘planadi
Mijozdan ism, pasport, to‘lov karta raqami yoki manzil so‘ralmaydi.
- Mijoz javoblari: yulduzli baholar, ixtiyoriy izoh, QR kod bog‘langan stol yoki filial, javob vaqti.
- Cashback karta uchun: mijozning telefon raqami va tashriflar tarixi — faqat mijoz o‘zi kiritganda.
- Biznes arizasi: ism, telefon raqam, biznes nomi va tanlangan xizmat turi.
- Texnik ma’lumot: brauzer turi, til tanlovi va so‘rov vaqti. IP manzil spamga qarshi cheklov uchun qisqa muddat ishlatiladi.
3. Nima uchun ishlatiladi
- Baholarni biznesga ko‘rsatish va past baho haqida Telegram’ga darhol xabar yuborish.
- Statistika va hisobotlarni tayyorlash: filial, kun va savol bo‘yicha o‘rtacha baho.
- Cashback balansini yuritish, agar biznes bu imkoniyatni yoqgan bo‘lsa.
- Biznes arizasiga javob berish va xizmat bo‘yicha bog‘lanish.
4. Kim ko‘radi
Har bir biznesning ma’lumoti alohida saqlanadi: bir biznes boshqasining javoblarini ko‘rmaydi. Panelga faqat biznes tomonidan ruxsat berilgan xodimlar kiradi va ularning ruxsat darajasi tarifga qarab cheklanadi.
Mijozlarning telefon raqami ro‘yxatda yashirin ko‘rsatiladi. Uni faqat alohida ruxsati bor xodim ocha oladi va kim qachon ochgani jurnalga yoziladi.
5. Uchinchi tomonlar
Xabarnomalar Telegram orqali yuboriladi, shuning uchun xabar matni Telegram serverlariga o‘tadi va Telegram’ning o‘z maxfiylik siyosatiga bo‘ysunadi. Biznes qaysi guruh yoki odam xabar olishini o‘zi tanlaydi.
Xizmat ishlashi uchun hosting va ma’lumotlar bazasi provayderlari ishlatiladi. Ular ma’lumotni faqat xizmatni ko‘rsatish uchun qayta ishlaydi.
Ma’lumot reklama maqsadida sotilmaydi va uchinchi tomonga berilmaydi.
6. Qancha saqlanadi
Javoblar tarixi biznesning tarifida ko‘rsatilgan muddat davomida panelda ko‘rinadi (masalan 15, 30 yoki 90 kun). Muddat o‘tgach, javoblar faqat umumiy statistika sifatida, shaxsni aniqlab bo‘lmaydigan holda qoladi.
Cashback balansi va unga bog‘liq telefon raqam shartnoma amal qilgan vaqt davomida saqlanadi. Shartnoma tugagach, biznes so‘rovi bilan o‘chiriladi.
Biznes arizalari aloqa tugaganidan keyin 12 oy davomida saqlanadi.
7. Cookie va brauzer xotirasi
Sayt reklama cookie’laridan foydalanmaydi. Tanlangan til brauzerning localStorage xotirasida saqlanadi, shunda keyingi tashrifda til yana so‘ralmaydi.
Sayt statistikasi uchun anonim hodisalar (masalan, tugma bosilishi) yozilishi mumkin. Bu ma’lumot shaxsga bog‘lanmaydi.
8. Ma’lumotingizni olish va o‘chirish huquqi
Siz o‘zingiz haqidagi ma’lumotni istalgan vaqtda so‘rashingiz mumkin. Quyidagilarni so‘rashga haqlisiz:
- Nusxasini olish: biz sizda saqlagan barcha ma’lumot, o‘qiladigan ko‘rinishda (JSON yoki jadval fayli). Bunga baholaringiz, izohlaringiz, tashrif vaqtlari, telefon raqamingiz va cashback balansi kiradi.
- Tuzatish: noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotni almashtirish.
- O‘chirish: ma’lumotingizni butunlay olib tashlash. Cashback balansi ham shu bilan bekor bo‘ladi.
- Cheklash: ma’lumotni saqlab, lekin undan foydalanishni to‘xtatish.
- Roziligni qaytarib olish: cashback kartadan voz kechish uchun telefon raqamni o‘chirishni so‘rash yetarli.
So‘rovni pastdagi aloqa kanallariga yuboring. Shaxsingizni tasdiqlash uchun so‘rovnomada ishlatilgan telefon raqamni so‘raymiz — bu boshqa odam sizning ma’lumotingizni olib ketmasligi uchun. Tasdiqlangandan so‘ng 30 kun ichida bepul javob beramiz.
Ikkita cheklov bor va biz ularni oldindan aytamiz: shaxsni aniqlab bo‘lmaydigan umumiy statistika (masalan, “bu hafta o‘rtacha baho 4.6”) o‘chirilmaydi, chunki u sizga bog‘lanmaydi; qonun talab qiladigan hisob-kitob yozuvlari esa belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Agar siz biznes bo‘lsangiz, panel orqali o‘z ma’lumotingizni istalgan vaqtda yuklab olishingiz mumkin. Shartnoma tugaganda ham ma’lumotingizni olib qolish uchun 30 kun vaqt beramiz.
9. Xavfsizlik
Ma’lumot shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi, har bir biznes ma’lumoti alohida ajratiladi, panelga kirish ruxsat darajalari bilan cheklanadi va maxfiy maydonlarga kirish jurnalga yoziladi.
Hech bir tizim xatosiz emas, shuning uchun mijozdan hech qachon to‘lov karta ma’lumoti yoki parol so‘ralmaydi.
10. O‘zgarishlar
Siyosat o‘zgarsa, yangi tahrir sanasi shu sahifada ko‘rsatiladi. Muhim o‘zgarishlar haqida bizneslarga alohida xabar beramiz.
Savolingiz bormi?
Maxfiylik bo‘yicha har qanday savolni Telegram @go0fy yoki +998 93 756 07 46 raqamiga yuboring.